Fransiyada Parij Sen-Jermenning UYEFA Chempionlar Ligasi finalidagi g‘alabasidan keyin boshlangan tartibsizliklarda kamida 12 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Le Figaro gazetasi xabar berdi.
Gazeta xabariga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida sakkiz nafar polisiya xodimi ham bor. Ajen shahrida yetti nafar xodim jarohat olgan, yana biri Parijdagi Port-Maylo yaqinida mashina urib ketgan. Haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.
Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba gazetaga bergan ma’lumotiga ko‘ra, muxlislar to‘plangan Parij halqa yo‘lida sodir bo‘lgan avtohalokatdan so‘ng ikki kishi og‘ir ahvolda. Respublika maydoni yaqinida yana bir kishi pichoqlangan. Shuningdek, bir ayol yurak xurujidan so‘ng reanimasiyada ekanligi aytilmoqda.
Le Figaro xabariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab tartibsizliklar paytida 416 kishi hibsga olingan, jumladan, Parijda 283 kishi.