"Barselona" vingeri Lamin Yamal yaqin kelajakda "Pari Sen-Jermen"ga o‘tishi dargumon.
Fransuz grandi uzoq vaqtdan beri yosh superyulduziga da’vogar hisoblanadi. Transfer News Live’ning tayanib xabar berishicha, "PSJ" anchadan beri ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirayotganiga qaramay, Yamal bo‘yicha hech qanday muzokara o‘tkazishni rejalashtirmayapti.
Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari Lamin Yamalning narxini 200 mln yevroga baholamoqda. 18 yoshli futbolchining Kataloniya grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Mish-mishlarga ko‘ra, avvalroq "PSJ" Yamal uchun 200 mln yevrodan ko‘proq taklif qilgan, ammo "Barselona" rad javobini bergan.