Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

«PSJ» Fransiya Superkubogi bahsida kutilmaganda bir kishi ko‘p bo‘lib, mag‘lubiyatga uchradi (+Video)

«PSJ» Fransiya Superkubogi bahsida kutilmaganda bir kishi ko‘p bo‘lib, mag‘lubiyatga uchradi (+Video)

2026 yilgi Fransiya Superkubogi bahsida «Lans» va «PSJ» klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Lans shahrida kechgan va Jeremi Pinyar boshqargan bellashuvda «Lans» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona golni 32-daqiqada «Lans» yarim himoyachisi Floryan Toven kiritdi. 39-daqiqada maydon markazida qo‘pollik ishlatgani uchun «Lans» himoyachisi Killian Antonio maydondan chetlatildi. 86-daqiqada esa «PSJ» himoyachisi Nunu Mendesh qizil kartochka oldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Luis Enrike shogirdlari 34 turda 76 ochko jamg‘arib, Fransiya chempioni bo‘lishgan edi. «Lans» esa 70 ochko bilan 2-o‘rinni egallagan va Fransiya Kubogi finalida «Nissa»ni 3:1 hisobida yengib, kubokni qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: Bugun 11:18. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!