Anxel Di Mariya «PSJ»ni tark etadi.
Parij klubi o‘z saytida argentinalik yarimhimoyachiga minnatdorchilik bildirilgan press-relizni e’lon qildi.
2015 yilda «Manchester Yunayted»dan o‘tgan 34 yoshli futbolchi «PSJ»da 7 mavsumni o‘tkazdi. U parijliklar safida jami 294ta o‘yin o‘tkazib, 91ta gol urdi va 111ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Di Mariya erkin agent sifatida «Yuventus»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.