Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"PSJ" "Barselona"ning transfer maqsadini qo‘lga kiritishi mumkin

"PSJ" "Barselona"ning transfer maqsadini qo‘lga kiritishi mumkin

"Kristal Pelas"ning o‘ng qanot himoyachisi Daniel Munyos "Pari Sen-Jermen" radarlariga tushdi.

Parijliklar Ashraf Hakimiy Chempionlar ligasining so‘nggi turida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng o‘ng qanot himoyasini kuchaytirish ustida bosh qotirishdi. Transfer News Live’ning Fichajes nashriga tayanib xabar berishicha, "PSJ" qishki transferlar oynasida Munyos bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 29 yoshli futbolchiga avvalroq "Barselona" da’vogarlik qilgandi.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchining narxi 25 mln yevroni tashkil etadi. Futbolchining "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Kiritildi: 10:11 07.11.2025. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!