Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"PSJ" 150 million yevroga yangi hujumchi sotib oladi

"PSJ" 150 million yevroga yangi hujumchi sotib oladi

"PSJ" tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Liga 1 grandi "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor, deya xabar bermoqda Transfer News Live Fichajes nashriga tayanib.

Qayd etilishicha, 26 yoshli Osimxen "Barselona"ga ham qiziq, ammo "PSJ" nigeriyalik uchun kurashda kataloniyaliklarni ortda qoldirishi mumkin.

Viktor Osimxen Chempionlar Ligasining joriy mavsumidagi uchta o‘yinda oltita gol urdi. Aynan "Galatasaroy"ning nigeriyalik forvardi UEFA klublari o‘rtasidagi asosiy turnirda to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Amaldagi shartnoma Osimxenni 2029 yilning yarmigacha "Galatasaroy" bilan bog‘lab turadi.

Kiritildi: Bugun 09:06. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!