Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Psixotrop dorilar chegarani “yorib kirolmadi”

Psixotrop dorilar chegarani “yorib kirolmadi”

Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra psixotrop moddalarning bojxona chegaralari orqali olib o‘tilishi taqiqlanadi. Faqat o‘z iste’moli uchun shifokor resepti asosida olib kiriladigan cheklangan me’yorlar bundan mustasno.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovud-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan 2ta holatda psixotrop moddalarning mamlakatimiz hududiga olib kirilishining oldi olindi.

Rossiya Federasiyasidan kelayotgan “Lada Largus” rusumli avtotransport vositasining saloni bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan, salonning ichki tepa qismiga yashirib qo‘yilgan 6 qutida jami 300 dona “Baklosan” nomli psixotrop dori vositalari hamda sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan 1 dona kalyan, 5 dona “JANAYA” yozuvli kalyan uchun hid beruvchi vosita, 172 dona plastmassadan tayyorlangan kalyan chekish uchun bir marta ishlatiladigan moslama qismlari va 5 qutida jami 3 kg. kalyan ko‘miri borligi aniqlandi.

Psixotrop moddalarning mamlakatimiz hududiga noqonuniy kirishining oldi olingan navbatdagi holat ham “Dovud-ota” chegara bojxona postida aniqlandi. Mamlakatimizga kirib kelgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan, qiymati 500 000 so‘mlik, 1 qutida jami 50 dona “Baklosan 10 mg” nomli psixotrop dori vositasi borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:46 01.08.2024. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!