Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Psixotrop dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Psixotrop dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

1️⃣ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.A. fuqaro K.K.ga xorijda ishlab chiqarilgan 17 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda M.A.ga dori vositasini yetkazib bergan sherigi F.T.dan (muqaddam sudlangan) yana 17 dona “Regapen” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

2️⃣ Departamentning G‘ozg‘on shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.S. fuqaroga 5 quti “Benzonal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:24 18.12.2025. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!