Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Prezidentning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov "Uzcard"ning 75 foiz ulushiga ega bo‘ldi

Prezidentning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov "Uzcard"ning 75 foiz ulushiga ega bo‘ldi

"Uzcard" brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Yagona umumrespublika prosessing markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) ta’sischilari tarkibi yangilandi. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrida havola qilingan ma’lumotlar shundan darak bermoqda.

Registrdagi ma’lumotlarga ko‘ra (MCHJning STIR raqami Ochiq ma’lumotlar portalida ko‘rsatilgan), MCHJning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqi jismoniy shaxs Mahmudov Ahror Abrorovichdan boshqa jismoniy shaxs — Tursunov Oybek Batirovich tasarrufiga o‘tgan.

Prezidentning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov "Uzcard`ning 75 foiz ulushiga ega bo‘ldi

Registrda "Uzcard’ning qolgan 25 foizi ulushi “Yagona umumrespublika prosessing markazi” MCHJning o‘ziga tegishli ekani ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Ahror Mahmudov "Uzcard"ning amaldagi rahbari hisoblanadi. Oybek Botirovich Tursunov esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovidir.

Avvalroq, Oybek Tursunov va Ismoil Murodov ta’sischisi hisoblangan “Promadik Invest” kompaniyasi “KapitalBank”ning 36 foiz aksiyasini sotib olgandi.

Kiritildi: 10:57 14.05.2020. O'qildi: 28226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!