Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Prezident: "Zargarlarning xomashyo bilan bog‘liq birorta muammosi bo‘lmasligi kerak"

Prezident: "Zargarlarning xomashyo bilan bog‘liq birorta muammosi bo‘lmasligi kerak"

Xorijiy tajriba asosida Yakkasaroy tumani, Andijon va Xivada ishlab chiqaruvchilarga ham, investorlarga ham jozibador zargarlik markazlari ochildi.

Bunday markazlar butun respublika bo‘yicha barpo qilinishi belgilandi.

Mutasaddilarga joriy yilning o‘zida xomashyo, laboratoriya, o‘quv markazi, shou-rum va do‘konlari bir joyda bo‘lgan yana 6 ta markazni ishga tushirish, xorijiy dizayner va texnologlarni jalb qilib, zargarlarni o‘qitish topshirildi.

“Hamma eshitib olsin. Zargarlarning xomashyo bilan bog‘liq birorta muammosi bo‘lmasligi kerak”, - dedi Prezident.

Shu maqsadda bu yil birjaga chiqariladigan oltin hajmi 6 tonnadan 8 tonnaga oshiriladi.

Yangi zargarlik markazlari ishga tushgan Toshkent shahri, Andijon va Xorazmda, bu yil bunday markazlar ochilishi reja qilingan Buxoro, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida hamda qolgan hududlarda ehtiyojdan kelib chiqib oltin zaxirasi yaratiladi.

Kiritildi: 12:09 26.05.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!