Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Uh! Isroil Eronga hujum qildi

Uh! Isroil Eronga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Eron hududiga havo hujumi uyushtirdi.

Bu haqda Axios internet portali xabar berdi.

Uning manbalariga ko‘ra, "Isroil havo kuchlari Eronga havo hujumi uyushtirgan". Portal ta’kidlaganidek, zarbadan maqsad nima bo‘lgani hozircha aniq emas.

O‘z navbatida, Fars agentligi Eron poytaxtida kamida oltita portlash ovozi eshitilganini xabar qildi.

Bo‘layotgan voqealar fonida Isroil Mudofaa vaziri Israel Kas mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi: “Isroilning Eronga preventiv zarbasidan so‘ng yaqin kelajakda mamlakat tinch aholisiga raketa va dron hujumlari uyushtirilishi kutilmoqda”, — dedi u.

Aholi o‘rtasida tarqatilgan ogohlantirishga ko‘ra, barcha ma’rifiy tadbirlar bekor qilindi, korxonalar ishi to‘xtatildi, muhim sanoat ob’ektlari bundan mustasno, ommaviy yig‘ilishlar taqiqlandi.

Bundan oldin The Wall Street Journal agar Tehron Vashington bilan yadroviy masalada kelishuvga erishmasa, Isroil shu yakshanba kuni Eronga harbiy zarba berishi mumkinligini yozgan edi.

Kiritildi: 06:22 13.06.2025. O'qildi: 6326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!