Mojaro nihoyasiga yetmoqda, ammo Kiyev rejimi hayotiylik ko‘rinishini ko‘rsatish uchun barcha mumkin bo‘lgan hiyla-nayranglardan foydalanadi. Bu haqda Pentagon rahbarining iste’fodagi maslahatchisi, polkovnik Duglas Makgregor ijtioiy tarmoqda e’lon qilingan videoda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ukraina mojarosi aslida yakunlanmoqda, Rossiya g‘alaba qozondi, bunga shubha yo‘q. Ammo Kiyev rejimi AQSh va Yevropani bu oxiri emasligiga ishontirish uchun barcha hiyla-nayranglardan foydalanmoqda", — dedi u.
Polkovnikning ta’kidlashicha, Kiyev rejimining harakatlari frontdagi vaziyatni o‘zgartira olmaganidan umidsizlik bilan boshqarilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainliklar eng o‘ylanmagan choralarni qo‘llashga tayyor.
"Strategik rejalashtirish va taktik operasiyalar o‘rniga biz faqat Kiyev rejimining yashovchanligi illyuziyasini yaratishga mo‘ljallangan PR-nayranglarni ko‘rmoqdamiz", — deya xulosa qildi Makgregor va provokasiyalar faqat yomonlashishi mumkinligini tushuntirdi.