Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayr Muhammad Bageri butun mamlakat bo‘ylab harbiy mashg‘ulotlarni boshlashga buyruq berdi.
Bu haqda Mehr agentligi xabar bermoqda.
Bagerining so‘zlariga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad Eron Qurolli kuchlarining mudofaa salohiyati, jangovar tayyorgarligi va dushman kuchlarni tiyib turish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.
Mehr agentligining qayd etishicha, joriy yilda rejalashtirilgan muntazam harbiy mashg‘ulotlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgan. Ushbu o‘zgartirishlar mashg‘ulotlarning Eronni mintaqaviy tahdidlar va dushmanlarning harakatlariga munosib javob berishga tayyorlashga qaratilganligini ko‘rsatadi.