Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Prezident O‘zbekiston pedagoglarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan muborakbod etdi

Prezident O‘zbekiston pedagoglarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan muborakbod etdi

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir.

Shu bois keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.

“Siz, aziz ustoz va murabbiylar bugun mana shunday o‘ta mas’uliyatli jabhada tom ma’noda tarixiy missiyani ado etmoqdasiz. Chunki, Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozisiyasiga ega, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlarni tarbiyalash – haqiqatan ham g‘oyat ezgu va ulug‘ vazifadir. Barchangizga shu sharafli yo‘lda olib borayotgan olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman”, - deyiladi tabrikda.

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.

Kiritildi: 20:42 29.09.2022. O'qildi: 2345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!