O‘zbekiston Prezidenti pedagoglar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va ularning moddiy hamda ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida qator yangi imtiyoz va imkoniyatlarni belgilab berdi.
Yangi qarorga ko‘ra:
15 yillik stajga ega oliy toifali pedagoglar ipoteka uchun boshlang‘ich badalning 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Pedagoglarning farzandlari davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olsa, kontrakt to‘loviga 30 foizlik chegirma beriladi.
O‘qituvchilarga kompyuter xaridi uchun 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.
Kelasi yildan pedagoglar davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni yarim narxda amalga oshiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Sertifikat olgan muallimlarga har oylik maoshiga 15 foiz ustama to‘lanadi.
Imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavrlar maktabga ishga kirsa — 2-toifa, magistr bo‘lsa — 1-toifa beriladi.
TOP-300 oliygohga o‘qishga kirgan pedagoglar uchun 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti taqdim etiladi.
TOP-100 maktab va bog‘cha, 20 ta texnikum hamda TOP-10 oliygoh pedagoglari yiliga bir marta ichki aviareys va poyezd chiptalariga 15–20 foiz chegirma olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mazkur islohotlar ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning nufuzini yuksaltirish va ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.