Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Prezident turizm sohasidagi mutaxassislarni tanqid qildi

Prezident turizm sohasidagi mutaxassislarni tanqid qildi

Prezident ishtirokidagi videoselektrda joriy yilda viloyat hokimlari va elchilar 7 million xorijiy va 15 million ichki sayyohlarni jalb qilish, eksportni 2,5 milliard dollarga yetkazish ustida aniq reja va majburiyat bilan ishlashlari shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, turoperator, mehmonxona, transport korxonalari, oliygohlar vakillari bilan bir necha bor uchrashilib, ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.

O‘rganishlar ko‘rsatganidek, turistlarni faol jalb qiladigan joylar haqida kontent kam, bori ham qiziqarli emas, sayyohlarni 4-5 kun olib qoladigan turpaketlar yetishmaydi. Yo‘l chiptalarini 3-6 oy oldindan bron qilish, sotib olishda noaniqliklar juda ko‘p. Muzey, teatr, madaniyat maskanlari turizm dasturlari bilan bog‘lanmagan, ularning ishlash vaqti ham sayyohlar talabidan kelib chiqmagan.

Davlatimiz rahbari soha mutasaddilari shu va boshqa kamchiliklar bilan tizimli ishlamayotganini tanqid qildi va keskin o‘zgarish qilinishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Kiritildi: 16:49 29.03.2023. O'qildi: 1074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!