Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Prezident topshirig‘i: yangi yildan kommunal xizmatlar narxi kamida 20 foizga oshiriladi

Prezident topshirig‘i: yangi yildan kommunal xizmatlar narxi kamida 20 foizga oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev mutasaddi vazirliklarga kommunal xizmatlar narxini to‘liq qoplashni hisobga olgan holda, tariflarni belgilash tartibini joriy etishni topshirgan. Shu tariqa, yangi yil boshidan issiq va sovuq suv ta’minoti, isitish va kanalizasiya tizimi tariflari narxi kamida 20% ga oshiriladi.

 O‘zbekistonda kelasi yil boshidan issiq va sovuq suv, isitish ta’minoti, shuningdek, kanalizasiya tariflari narxi oshiriladi. Shavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda hukumatga ushbu xizmatlar tarifi tannarxlarini qoplash uchun narxlarni oshirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Hozirda tariflar xarajatlarni qoplamaydi

Togri.uz uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan bog‘lanib, O‘zbekistonda suv ta’minoti xizmatlarining tannarxi to‘liq qoplanmasligini tasdiqladi. Bugungi kunda 1 kub/metr ichimlik suvi narxi aholi to‘layotgan narxdan kamida 20% ko‘proq. Issiq suv, isitish va kanalizasiya xizmatlarida ham ayni vaziyat. Hozirgi tariflar ushbu turdagi xizmatlarning narxini qoplamaydi va davlat byudjetidan kamomad uchun qo‘shimcha to‘lanishi kerak bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, yil oxirigacha kommunal xizmatlar tannarxi yanada oshishi mumkin.

Xususan, Toshkent issiqlik kommunikasiyalarini yangilash uchun 182 million AQSh dollari miqdorida kredit olinib, issiqlik ta’minoti tannarxi va tariflarini oshirish hisobiga so‘ndiriladi.

Hukumat zararni byudjetdan qoplamoqchi emas

Avvalroq, hukumat aholini elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiq suv va boshqa kommunal xizmatlar bilan ta’minlaydigan tashkilotlarning zararini moliyalashtirishni rejalashtirmasligini ma’lum qilgandi. Ushbu masala bo‘yicha prezident aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhokama qilgan edi. Prezident Moliya vazirligi va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga tariflarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan topshiriq bergan.

"Moliya vazirligi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi oldiga 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab xizmatlar tannarxini va modernizasiya xarajatlarini to‘liq qoplashni hisobga olgan holda tariflar belgilanishi tartibini joriy etish vazifasi topshirilgan".

Toshkentda suv ta’minoti arzon

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkent shahridagi sovuq suv uchun joriy tariflar mamlakatning boshqa ko‘plab mintaqalariga qaraganda past ekanligini ma’lum qildi. Masalan, hozirda Toshkent shahrida bir kub/metr ichimlik suvi narxi 410 so‘mni tashkil etadi. Xorazm va Qoraqalpog‘istonda esa sovuq suv tarifi 2000 so‘mgacha.

«Mamlakat hududlari o‘rtasidagi narx tafovutining asosiy sabablari suv omborlarining uzoqligi va aholi punktlariga suv tashish xarajatlari hisoblanadi. Toshkent misolida ko‘plab suv omborlari mavjud va ular shaharga yaqin. Misol uchun, Qoraqalpog‘istonda suv quvurlari orqali yuzlab kilometrga tashiladi, bu esa, albatta, ularning qiymatiga ta’sir qiladi», deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Kiritildi: 15:06 07.09.2019. O'qildi: 3962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!