Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

“Bugun shuni faxr bilan ayta olamizki, yurtimizda yaratilayotgan har bir ish o‘rni, qad ko‘tarayotgan har bir korxona, xalqimiz og‘irini yengil qilayotgan har bir xizmat, eksport bo‘layotgan har bir mahsulot – sizning jasorat bilan qilayotgan mehnatingiz, tashabbus va izlanishingiz mahsulidir”, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Ta’kidlanishicha, bugungi tadbir shunchaki anjuman emas, balki davlat va biznes o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladigan jonli va samimiy muloqot maydoni hisoblanadi.

“Har bir soha, har bir hudud, har bir mahalla – faqat tadbirkor harakat qilganida, ularga quloq tutib, ishonch bildirilganida rivojlanadi, obod bo‘ladi. Shu bois, bugun sizlarni eshitamiz. Sizning ovozingiz orqali hal qilinadigan masalalarni birgalikda muhokama qilib, ularga aniq yechimlar haqida kelishib olamiz”, – dedi prezident.

Kiritildi: 13:03 20.08.2025. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!