Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.
Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.