Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish uchun Rossiyaga berilgan 50 kunlik muddatni qisqartirish niyatida ekanini aytdi.
AQSh prezidenti bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuv chog‘ida aytib, ma’lum qildi.
"Prezident Putindan hafsalam pir bo‘ldi. Men unga bergan 50 kunlik muhlatni qisqartiraman, chunki menimcha, ushbu muddat yakunlanganidan so‘ng nima bo‘lishini bilaman", — dedi Tramp.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi, shuningdek, Rossiya prezidenti bilan bir necha bor gaplashganini, biroq shundan keyin ham rus raketalari Kiyevga zarba berishda davom etganini ta’kidladi.