Bishkek joriy yil 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammitida ishtirok etish uchun davlat rahbarlarini kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda. Manbalarga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bugun kechqurun Bishkekka davlat tashrifi bilan keladi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 5 noyabrga o‘tar kechasi, kunduzi esa Ozarbayjon, O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari yetib borishi kutilyapti. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev esa 6 noyabr kuni ertalab yetib boradi.
Bishkekda bo‘lib o‘tadigan TDT sammitining asosiy mavzusi «Turk dunyosini mustahkamlash: iqtisodiy integrasiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik» bo‘ladi.