Prezidentimizning bugungi ish rejasi xalqaro tadbirlarga boy.
Ayni paytda davlatimiz rahbari Yaponiya, Qatar, Pokiston, Slovakiya va Falastinning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilmoqda.
Joriy yilda Qatar hukumati Toshkentda o‘z elchixonasini ochganini ta’kidlash joiz.
Shuningdek, bugun O‘zbekiston Prezidenti Xitoy va Turkiya delegasiyalarini qabul qiladi.