Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytdi

Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytdi

Prezidentimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytdi.

Agentlik xodimlari vazirliklarga, hududlarga borib, aniq bir sohani tahlil qilib, muammolarga yechim berish o‘rniga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarini sanaydigan quruq statist bo‘lib qolgani qayd etildi.

Agentlik rahbariyati korrupsiya holati eng ko‘p bo‘lgan tuman sog‘liqni saqlash, bandlik bo‘limi yoki bank filialiga borib, holatni o‘rganmagani, yangi zamonaviy tizim bo‘yicha taklif bermagani ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu sohalarning bevosita rahbarlarining o‘z tizimini “korrupsiyadan xoli” qilish ishlari sustligi tanqid qilindi.

Prezident topshirig‘i bilan investisiya dasturlari ustidan nazorat kuchaytirilganidan keyin o‘tgan yilni o‘zida 3 trillion so‘m iqtisod bo‘ldi. Yoki sog‘liqni saqlash tizimida “Situasion markaz” ishga tushirilgani hisobiga 2024 yilda 1,2 trillion so‘mlik maqsadsiz xarajatlarning oldi olindi.

“Lekin, nega bu ishlar Prezident topshiriq berganidan keyin boshlanishi kerak?”,
- deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.

Parlamentdagi byudjet qo‘mitalarida ham har yili byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 3 ta vazirlikka borib, korrupsiyaviy omillarni aniqlashda va o‘zgarish qilishda tashabbuskorlik yetishmayotgani qayd etildi.

Kiritildi: 11:26 05.03.2025. O'qildi: 1444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!