2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi - 83 nafar;
Navoiy nomli davlat stipendiyasi - 279 nafar;
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi - 116 nafar;
Beruniy nomli davlat stipendiyasi - 111 nafar;
Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi - 28 nafar;
Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi -19 nafar;
Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi - 3 nafar;
Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi - 9 nafar;
To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi - 8 nafar;
Bobur nomli davlat stipendiyasi - 20 nafar;
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi - 19 nafar.
To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor bo‘lolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablag‘i bilan rag‘batlantiriladi.