Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Prezident farmoni: Strategik islohotlar agentligi qayta tashkil etildi

Prezident farmoni: Strategik islohotlar agentligi qayta tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi endi Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi etib qayta tashkil etildi.

Yangi agentlik mamlakatning uzoq muddatli strategik rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqish, islohotlar samaradorligini tahlil qilish va davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Agentlikning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribalarni milliy islohotlar jarayoniga joriy etishdan iborat.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!