Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Praym Tayson Polni 90 soniyada yo‘q qilgan bo‘lardi" - mashhur jurnalist

"Praym Tayson Polni 90 soniyada yo‘q qilgan bo‘lardi" - mashhur jurnalist

Pirs Morgan Jeyk Polga mag‘lub bo‘lganidan keyin Mayk Taysonni himoya qildi.

"Praym Tayson Polni 90 soniyada yo‘q qilgan bo‘lardi. 58 yoshli Mayk o‘zidan ikki baravar yoshroq, ancha baquvvat va juda qobiliyatli bokschiga qarshi sakkizta raund o‘tkazdi.

Uning ustidan istagancha kuling, lekin Maykning yuragi sherniki va u har doim haqiqiy afsona bo‘lib qoladi," - deb yozdi jurnalist Pirs Morgan ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol Mayk Taysonni Texasdagi boks oqshomining asosiy jangida hakamlarning bir ovozdan qarori bilan mag‘lub etgandi.

Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!