«Real» rahbariyati mavsum oxirigacha safdan chiqqan Eder Militao o‘rnini to‘ldirish uchun jamoaning 38 yoshli sobiq markaziy himoyachisi Serxio Ramosni ortga qaytarish g‘oyasiga qarshi chiqdi. Bu haqda El Chiringuito xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ramos sobiq klubiga himoyadagi jarohatlar epidemiyasini yengishda yordam berish uchun o‘z xizmatlarini taklif qilib, jamoaga qaytishga tayyor edi. Biroq madridliklar prezidenti Florentino Peres va klub direktori Xose Anxel Sanches afsonaning taklifini rad etishdi.
Ramos 2005 yildan 2021 yilgacha «Real»da o‘ynagan. Bu davr mobaynida u barcha turnirlarda 671 ta uchrashuvda ishtirok etib, 101 ta gol va 40 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Ispaniyalik futbolchi 2024 yil yozidan bu