Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Prava" uchun "forma-083/h"ni onlayn olish imkoniyati yaratildi

"Prava" uchun "forma-083/h"ni onlayn olish imkoniyati yaratildi

My.gov.uz da 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn olish qulayligi yaratildi. Bu haqda Davlat xizmatlari markazi xabar bermoqda.

Endilikda tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun ushbu muassasalarga qayta borish shart emas.

Shunchaki, my.gov.uz orqali "Sog‘liqni saqlash" bo‘limidan kerakli xizmatni tanlab, 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish kifoya. Ma’lumotnoma unda ko‘rsatib o‘tilgan muddatgacha amal qiladi.

Xizmatdan foydalanish bepul va hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Kiritildi: 10:28 26.02.2024. O'qildi: 3553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!