Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Prava" olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

"Prava" olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.N. fuqarolar M.I. va S.A.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib birish evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament, DXX va IIB Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan U.YA. fuqaro X.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:24 03.02.2023. O'qildi: 1561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!