Pragadagi yong‘in taxminan 200 million kron (taxminan 10 million dollar) bo‘lgan eski avtomobillarni yo‘q qildi.
Bu haqda Chexiya poytaxti o‘t o‘chirish departamenti matbuot kotibi Voytex Rotshedl ma’lum qildi.
"Shanba kuni kechqurun Praganing Strashnise tumanidagi shinalar ta’mirlash ustaxonasida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Binoda eski avtomobillar joylashgan. Dastlabki zarar 200 million kronga baholanmoqda", - dedi o‘t o‘chirish departamenti vakili.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 900 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. O‘t o‘chiruvchilar uni nazorat ostiga oldilar va o‘chirishdan taxminan bir soat o‘tib yong‘inning yanada tarqalishining oldini olishdi.
Mutaxassislar yong‘in sabablarini o‘rganmoqda.