Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Poytaxtning ikki tumanida issiq suv va issiqlik ta’minoti o‘chiriladi

A A A
Poytaxtning ikki tumanida issiq suv va issiqlik ta’minoti o‘chiriladi

16 dekabr kuni issiq suv ta’minotining to‘xtatilishi issiqlik stansiyalarida avariya ishlari olib borilayotgani bilan bog‘liq.

Beruniy ko‘chasidagi issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 16 dekabr kuni 2 ta tumanda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati.

Shayxontohur tumani: Xuvaydo, Aloqa, S-27, S-28 dahalari, Niyozov, Bog‘ko‘cha va Abror Hidoyatov ko‘chalari.

Olmazor tumani: Vuzgorodok, B-1, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Beruniy ko‘chasi.

"Issiq suv va issiqlik ta’minoti avariyaviy ta’mirlash ishlari tugallanishi bilan taxminan bugun soat 19:00 gacha tiklanadi", - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:23 16.12.2023. O'qildi: 1613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!