Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Poytaxtning ba’zi tumanlarida bugun gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtning ba’zi tumanlarida bugun gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun Olmazor va Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Aniqroq qilib aytganda, Olmazor tumani Jomiy-5 ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimli D-57 mmli gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Jomiy ko‘chasidagi 15 ta yerli aholi xonadonlarida hamda 35 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha Kichik Beshyog‘och ko‘chasidagi 12 ta ko‘p qavatli uylarda hamda 2 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:27 11.08.2022. O'qildi: 1444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!