Mamlakat bo‘ylab minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi. Aksiyada kasaba uyushmalari, ekologlar, Falastin tarafdorlari va huquq himoyachilari ishtirok etmoqda.
Namoyishchilar Tramp tomonidan joriy qilingan tariflarga qarshi norozilik bildirishmoqda. Bu norozilik namoyishlari boshlanishidan oldin Oq uyning sobiq rahbari Barak Obama va AQSh sobiq vise-prezidenti Kamala Xarris prezident siyosati haqida salbiy fikr bildirdi.
Telekanal ta’kidlaganidek, namoyishchilar Tramp va uning maslahatchisi Ilon Mask haqida keskin bayonotlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib, shiorlar aytish orqali prezident siyosatiga norozilik bildirmoqda.
"Har xil yoshdagi va millatga mansub odamlar Tramp ma’muriyatidan, ayniqsa irqchilik, sog‘liqni saqlash va inson huquqlari siyosatidan noroziligini bildirish uchun yig‘ilishdi", deb ta’kidlaydi ABC News.