Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kVli yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar ma’lum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqozo qiladi.
Shu sababli joriy yilning 22 noyabr kuni soat 00:00dan 10 dekabr kuniga qadar:
— Furqat ko‘chasining Beshyog‘och maydonidan Seul ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalishi;
— Beshyog‘och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida ikki tomonlama yo‘nalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi.