AQSh harbiy byudjetini tahlil qilib, o‘z arsenalini modernizasiya qilish uchun Kiyevga eskirgan ATACMS raketalarini yuborgani aytilmoqda.
Sputnik surishtiruvi natijasida Kiyev rejimiga taqdim etilgan uzoq masofali ATACMS raketalarining amal qilish muddati kelasi yil tugashi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, ATACMS AQShga tegishli zamonaviy qurollar orasida eng yangi emasligi ma’lum bo‘lgan.
Ukrainaga eski raketalarni yuborish Vashingtonga o‘z arsenalini to‘ldirish uchun milliardlab dollar yordam ishlatishga imkon bergan va AQSh Mudofaa vazirligi Pentagonga moliyaviy yukini kamaytirgan.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukrainaga va’da qilingan ba’zi ATACMS raketalari 2015 yilda yaroqsiz holga kelgan va ta’mirlash uchun katta moliyaviy sarmoyalar talab qilgan.
Bitta A raketasi taxminan million dollar turadi. Ukraina 33,3 milliard dollarlik qurol sotib olgan. Pentagon esa o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun 45,7 milliard dollar saflagani aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Vashington “Ukrainaga harbiy yordam” nomi bilan ajratilgan mablag‘ evaziga o‘z arsenallarini yangilash paytida ATACMS kabi eskirgan raketalardan xalos bo‘lish imkoniyatidan foydalangan.
Avvalroq, AQShning Ukraina uchun yangi harbiy yordam paketida Pentagon tomonidan e’lon qilingan qurollar ro‘yxatida qayd etilmagan piyodalarga qarshi minalar borligi ma’lum bo‘lgan edi.