Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Poytaxtimizda o‘quvchilar qo‘liga igna sanchib jazolab kelgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

A A A
Poytaxtimizda o‘quvchilar qo‘liga igna sanchib jazolab kelgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktabda o‘qituvchi xato qilgan o‘quvchilarini jazolashda shafqatsizlik qilib, ularning qo‘liga igna va “samorez” sanchib kelgani haqida xabar berilgandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Tergovga qadar tekshiruv natijasida 2016 yilda tug‘ilgan Y.M. va SH.U.larning qo‘llarining ustki qismiga burama mix (samorez)ni bir necha marta tiqib kelib, o‘quvchilarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazgani aniqlangan. Joriy yilning 18 aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan S.R.ga (2002 yilda tug‘ilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov doirasida qo‘liga igna sanchilgani aytilgan 1-sinf o‘quvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani mazkur ishda bola manfaatlari nuqtayi nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirishi aytildi.

Kiritildi: 17:02 19.04.2024. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!