Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Poytaxtda yana bir narkolaboratoriya aniqlandi

Poytaxtda yana bir narkolaboratoriya aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahrida narkolaboratoriya faoliyati fosh qilindi.

Xususan, 2002 y.t. fuqaro Chilonzor tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, sintetik narkotiklar tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullangan.

Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish jarayonida mazkur xonadonda “zakladka” usulida tarqatish maqsadida zip-paketlarga qadoqlangan giyohvandlik vositalari, elektron torozi, mikser, fen, shprislar,

1000 dona bo‘sh shaffof paket, 1000 dona bo‘sh flakon va boshqa ashyolar borligi ma’lum bo‘ldi.

Tadbir davomida ushbu manzildan jami 3,5 kg gashish moyi, 600 gr gashish, 200 gr marixuana va tarkibida narkotik modda bo‘lgan 8 dona pechenye olindi.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 276¹-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 21:50 04.11.2026. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!