Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Portugaliya JCH-2026 uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi

Portugaliya JCH-2026 uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi

Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasini e’lon qildi. Jamoa ustozi Roberto Martines bo‘lajak Mundialda quyidagi futbolchilarga ishonch bildirishga qaror qildi:

Diogu Koshta, Joze Sa, Ruy Silva, Rikardu Velyu, Diogu Dalot, Mateush Nunes, Nelson Semedu, Joau Kanselu, Nunu Mendesh, Gonsalu Inasiu, Renatu Veyga, Ruben Diash, Tomash Arauju, Ruben Nevesh, Samuel Koshta, Joau Nevesh, Vitinya, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Joau Felish, Fransishku Trinkan, Fransishku Konseysau, Pedru Netu, Rafael Leau, Gonsalu Gedesh, Gonsalu Ramush, Krishtianu Ronaldu.

Qo‘shimcha qilish joizki, 41 yoshli Ronaldu uchun ushbu Jahon chempionati faoliyatidagi oltinchisi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo birinchiligi kelasi oyda start oladi hamda AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: Bugun 19:23. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!