O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Pop tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida «O.Y.» MCHJga qarashli AYOQShda sotilayotgan dizel yoqilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida (28,9 mln so‘m) iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.