Polshaning yangi saylangan prezidenti Ukrainaning YEIga a’zo bo‘lishiga qarshi ekanini bildirdi.
«Men hozirgi sharoitda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshiman», — dedi Yan Navroskiy Vengriyaning Mandiner nomli YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u Polsha uchun Ukrainaga strategik va geosiyosiy nuqtai nazardan yordam ko‘rsatish muhimligini ta’kidladi. Navroskiyning ta’kidlashicha, Rossiya Yevropaning xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Biroq, uning fikricha, Polsha va Vengriya kabi Yevropa davlatlarining o‘z manfaatlari borligini Ukraina rahbariyati ham tushunishi kerak. Prezident bunday manfaatlarga misol sifatida 1943 yildagi Volin fojiasi qurbonlari — polyaklarning eksgumasiyasi masalasini keltirgan.