Polsha mudofaa vaziri o‘rinbosari Sezari Tomchik ma’lum qilishicha, Rossiya va Belarus tomonidan o‘tkazilayotgan «Zapad-2025» qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javoban mamlakatning sharqiy chegarasiga 40 mingga yaqin askar joylashtiriladi.
Tomchik Polsat News’ga bergan intervyusida Polsha uzoq vaqtdan beri ushbu mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Polsha armiyasi ilgari 30 mingdan ortiq askar ishtirokida mashqlar o‘tkazgan.
— «Zapad-2025’ga adekvat javob berish uchun Polsha va NATO qo‘shinlari zarur. Ukrainadagi urush ham aynan shu yerda boshlanganini unutmasligimiz kerak. Shuning uchun biz armiyamizni safarbar etyapmiz. Yaqin kunlarda chegarada 40 mingga yaqin askarimiz bo‘ladi», — dedi Tomchik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Polsha havo hududining Rossiya uchuvchisiz uchoqlari tomonidan buzilishi ham bevosita «Zapad-2025» mashqlariga bog‘liq.
Polsha, shuningdek, Rossiya va Belarus harbiy mashg‘ulotlari munosabati bilan yarim tundan boshlab ikkinchi xabarga qadar Belarus bilan chegarani, jumladan, temir yo‘l o‘tish joylarini yopishini e’lon qildi.