Varshavada 4-iyun, yakshanba kuni yuz minglab odamlar hukmron o‘ng qanot “Qonun va adolat” partiyasiga qarshi namoyishga chiqish uchun ko‘chalarga chiqdi.
Tashkilotchilarning aytishicha, shahar ma’muriyati ishtirokchilar sonini yarim million deb hisoblagan va bu namoyish 1989-yilda kommunizm qulaganidan beri eng yirik namoyishga aylandi, deya xabar beradi Deutsche Welle.
Marsh 1989-yil 4-iyun kuni Polshada birinchi qisman erkin parlament saylovlari o‘tkazilganining bir yilligiga to‘g‘ri keldi.
Eng yirik muxolifat partiyasi – “Fuqarolik platformasi” yetakchisi, Yevropa Ittifoqi kengashining sobiq prezidenti va Polsha muxolifatining amaldagi yetakchisi Donald Tusk marshga chaqirdi. Uning chaqirig‘ini mamlakatdagi boshqa muxolif partiyalar yetakchilari ham qo‘llab-quvvatladi. Aksiyada Polshaning sobiq prezidenti, tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Lex Valesa ham ishtirok etdi.
Aksiya tashkilotchilariga ko‘ra, odamlar qimmatchilik, firibgarlik va yolg‘onga qarshi, shuningdek, demokratiya, erkin saylovlar va Yevropa Ittifoqi uchun namoyishga chiqishgan.