Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Polsha vaqtinchalik ravishda Germaniya va Litva bilan chegara nazoratini joriy etdi

Polsha vaqtinchalik ravishda Germaniya va Litva bilan chegara nazoratini joriy etdi

Polsha 7 iyul kuni yarim tundan boshlab Germaniya va Litva bilan chegaralarda vaqtinchalik nazoratni tikladi. Bu haqda TVP Info telekanaliga tayanib “Report” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nazorat 65 ta nuqtada amalga oshirilmoqda — shulardan 52 tasi Germaniya bilan chegarada, 13 tasi esa Litva bilan chegarada joylashgan. Polsha Ichki ishlar vaziri Tomash Semonyak ma’lum qilishicha, operasiyaga:

  • 800 nafar chegarachi,

  • 300 nafar polisiya xodimi,

  • 200 harbiy jandarm,

  • va 500 nafar hududiy mudofaa qo‘shinlari askarlari jalb etilgan.

Vazir ta’kidlaganidek, bu choralarning asosiy maqsadi — noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni Polsha Bosh vaziri Donald Tusk chegara nazoratini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Nazorat avvalga 30 kunlik muddatga joriy etilgan, ammo keyinchalik uzaytirilishi mumkin.

Varshava bu qaror orqali nafaqat migrasiya xavflariga qarshi kurashmoqda, balki 2024 yil kuzida Germaniya tomonidan joriy etilgan chegara nazoratiga javob ham qaytarmoqda.

Kiritildi: 08:32 07.07.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!