Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Kshishtof Gavkovskiyning ma’lum qilishicha, prezident Karol Navroskiy ukrainalik qochqinlar uchun ijtimoiy imtiyozlarni uzaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasiga veto qo‘yganligi sababli Ukrainaning Starlink tizimidan foydalanishi xavf ostida qolmoqda.
Polsha Ukraina armiyasi uchun yo‘lga qo‘yilgan sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini moliyalashtiruvchi eng yirik donorlardan biri hisoblanadi. Yuridik jihatdan bu to‘lovlar qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solinadi.
Gavkovskiyning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari oktyabr oyidan boshlab Starlink aloqasi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkin.