Polsha Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tinch aholisiga havo hujumlari uyushtirilgani munosabati bilan Rossiya elchixonasiga norozilik notasi yubordi.
Bu haqda mamlakat TIV rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, ushbu zarbalar natijasida Polshaning Ukrainadagi elchixonasi binosi shikastlangan.
Tashqi ishlar vazirligi bu xalqaro huquqqa, xususan, 1961 yildagi Vena konvensiyasiga zid ekanligini ta’kidladi.