Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Polsha noqonuniy muhojirlarga boshpana berish huquqini to‘xtatdi

Polsha noqonuniy muhojirlarga boshpana berish huquqini to‘xtatdi

"Men chegaralarimiz xavfsizligini mustahkamlash zarur deb hisoblayman." Polsha noqonuniy muhojirlarga boshpana berish huquqini to‘xtatdi.

Polsha hukumati mamlakatga noqonuniy kirgan odamlarning boshpana olish huquqini vaqtincha cheklamoqchi. Bir kun avval bosh vazir Donald Tusk yaqin orada tegishli farmon qabul qilinishini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq prezident Anjey Duda boshpana so‘rab murojaat qilishni cheklovchi qonunni imzolagan edi.

“Men buni chegaralarimiz xavfsizligini mustahkamlash zarur deb hisoblaganim uchun imzoladim”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.


Qonun hukumatga noqonuniy muhojirlarning boshpana so‘rash imkoniyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish vakolatini beradi va parlament taqiqni uzaytirishi mumkin. Shunday qilib, 60 kun ichida faqat Polshaga qonuniy ravishda kirganlar boshpana so‘rashi mumkin bo‘ladi.

Bunday qarorga Belarusdan noqonuniy migrasiya sabab bo‘ldi. So‘nggi yillarda minglab qochqinlar Belarus hukumati ko‘magida mustahkamlangan chegarani kesib o‘tishga harakat qilishdi.

Evropa Ittifoqi Rossiya va Belarusni muhojirlardan Yevropadagi beqarorlik uchun “qurol” sifatida foydalanishda ayblaydi. Dekabr oyida Yevrokomissiya Rossiya va Belarus bilan chegaradosh davlatlarga boshpana berish huquqini cheklashga ruxsat berdi.

Polsha tomonidan ko‘rilgan choralar huquq himoyachilarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Xalqaro Amnistiya ularni "noqonuniy" deb atadi, Human Rights Watch esa qonun Polshaning xalqaro majburiyatlariga va Yevropa Ittifoqiga mos kelmaydi, deb aytdi va parlamentni uni rad etishga chaqirdi.

Kiritildi: 21:37 27.03.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!