Polsha iqtisodiyoti AQSh bojlari tufayli 10 milliard zlot (2,6 milliard dollar) yo‘qotadi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.
Shunday qilib, Tuskning hisob-kitoblariga ko‘ra, Polsha iqtisodiyoti AQSh hukumati tomonidan kiritilgan bojlar tufayli YAIMning 0,4 foizini yo‘qotadi.
"Og‘riqli va yoqimsiz zarba, chunki bu bizning eng yaqin ittifoqchimizdan keladi, lekin biz undan omon qolamiz", dedi Polsha hukumati rahbari.
Avvalroq AQSh yetakchisi Donald Tramp AQSh hukumati ko‘plab mamlakatlar importiga bojxona to‘lovlarini joriy etishini ma’lum qilgandi. Yevropa Ittifoqi misolida 20% stavka qo‘llaniladi.