Polsha rasmiylari Google kompaniyasidan YouTube’da Isroil tomonidan moliyalashtirilgan va G‘azoda ocharchilik yo‘qligi haqidagi reklama videolarini olib tashlashni so‘radi.
Polshaning NASK dezinformasiyani kuzatish markazi bu videolarni “foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi” hamda YouTube qoidalariga zid deb baholab, o‘chirishni tavsiya etdi. Biroq Google bu taklifni rad etib, kontent kompaniya siyosati va qadriyatlariga mos kelishini bildirdi.
Isroilning Tashqi ishlar vazirligi va Varshavadagi elchixonasi ko‘magida avgust oyidan tarqatila boshlangan reklama videolarida BMT G‘azoga yordam tarqatishni ataylab to‘xtatgani haqida ayblovlar keltirilgan. Ayrim roliklarda esa G‘azoda ocharchilik yo‘qligi haqida tasvirlar berilgan.
Polsha Tashqi ishlar vazirligi Isroil elchisini ikki marta chaqirib, rasmiy norozilik bildirgan.