Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Polsha Germaniya va Litva bilan chegara nazorati muddatini keyingi yilgacha uzaytirmoqchi

Polsha Germaniya va Litva bilan chegara nazorati muddatini keyingi yilgacha uzaytirmoqchi

Polsha hukumati Germaniya va Litva bilan chegaralardagi chegara nazoratini 2026 yilning 4 aprel kunigacha uzaytirmoqchi.

Polsha Ichki ishlar vazirligining tegishli qarori loyihasi Hukumat qonunchilik markazi saytida e’lon qilingan.

Loyiha 19 sentyabrgacha idoralararo tasdiqlashdan o‘tishi rejalashtirilgan. Avvalgi chegara nazoratini uzaytirish muddati 4 oktyabrda tugagan.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni Polsha bosh vaziri Donald Tusk Germaniya va Litva bilan chegaralarda vaqtinchalik chegara nazoratini joriy etish qarorini ma’lum qilgan edi. Ushbu chora 7 iyul kuni 30 kunga joriy qilingan, shundan so‘ng u uzaytirilgan. Noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashdan tashqari, Varshava Germaniya tomonidan 2024 yilning kuzida joriy etilgan shunga o‘xshash nazorat choralariga javob beradi.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!