Polsha Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lukash Yasina mamlakat fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi. U tegishli murojaatni Twitter'dagi sahifasiga joyladi.
Polsha mulozimi Rossiya xavfsizlik xizmati The Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovichni hibsga olishi fonida Varshavaning 2022 yil fuqarolariga Rossiyaga bormaslik va uning hududini tark etish tavsiyasini eslatdi. Spiker Tashqi ishlar vazirligining 2022 yil 3 martdagi bayonotini e’lon qildi. Unda Polsha fuqarolari Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya hududida bo‘lish va mamlakatga sayohat qilish xavfi haqida ogohlantirilgan.
“Bu, ayniqsa, Evan Gershkovichning hibsga olinishi haqidagi ma’lumotlar kontekstida muhim”, — deya ta’kidlagan Yasina.
Avvalroq, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Amerika fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirgandi.